O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi «Quyi bo’g’inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi PQ-5-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi «Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida» gi 79-son qarorlariga asosan Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga 7.5 metrli 1 dona gʻildirakli va 12.5 metrli 1 dona zanjirli ekskavatorlar olib kelindi. 2025 yilda yana 6 dona ekskavatorlar olib kelinishi rejalashtirilgan.