Fevral 26, 2025

Meliorativ Ekspeditsiya faoliyati

 

Sirdaryoda sho‘r yuvishga yer tayyorlash va sho‘r yuvish ishlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi

Mirzaobod tumanidagi “Mirzacho‘l agro klaster” MCHJga qarashli dala maydonida bo‘lib o‘tgan seminarda klaster va

fermer xo‘jaligi, qishloq va suv xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlari, viloyat hokimligi Qishloq va suv xo‘jaligi kotibiyati mudiri,

Viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, Quyi Sirdaryo havza boshqarmasi, Sirdaryo meliorativ ekspeditsiyasi,

Sirdaryo NS va AB, Viloyat Suvxo‘jaliknazorat inspeksiyasi boshqarma boshliqlari, tumanlar hokimining

Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosarlari  va sohaga aloqador mutaxassislar ishtirok etishdi.

Dastlab viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshliq o‘rinbosari S.Tadjiboyev so‘zga chiqib, sho‘r yuvish ishlarini sifatli olib borish va

muddatida yakunlash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini aytib o‘tdi.

Shuningdek, Sirdaryo meliorativ ekspeditsiyasi boshlig‘i O.Axmatqulov meliorativ ishlarni sifatli o‘tkazish, ta’mirlash-tiklash ob’eklarida mexanizmlardan unumli foydalanish va loyiha asosida ishlarni tashkil etish, pol va jo‘yak olishga texnikalarni

ko‘proq jalb qilish, yerning haydalma qatlamidan zararli tuzlarni oqar suvdan tejamkorlik bilan foydalangan holda chiqarib yuborish,

suvni kollektorlarga tashlamaslik va zovur drenaj tarmoqlariga zarar yetkazmaslik to‘g‘risida tushunchalar berdi.

Sifatli sho‘r yuvish natijasida yozgi vegetatsiya davrida bir marta sug‘orishdan yutish va bahorgi ekin mavsumida yerda kerakli

nam to‘planib, ekinlarning to‘liq unib chiqishiga zamin yaratilishi ta’kidlandi.

Seminar doirasida sohaga oid boshqa masalalar va muammolar xususida ham fikr almashildi.

 

 

Boyovut tumanidagi “Ettisoy” tumanlararo kollektorini tizimli ta’mirlash-tiklash (2-bosqich).

Bosh pudratchi tashkilot:“MIDEA TEMUR” MChJ.

Loyihachi tashkilot: “Guliston-Suvloyiha” MChJ.

2024 yilda: ob’ektning quvvati 92,0 km, qiymati 2 619,6 mln.so’m.

 

  1. Guliston tumanidagi “Qo’ybotgan” xo’jaliklararo kollektorini tizimli ta’mirlash-tiklash (2-bosqich).

Bosh pudratchi tashkilot:“ABROR MELIORATsIYa SERVIS” MChJ.

Loyihachi tashkilot: “Guliston-Suvloyiha” MChJ.

2024 yilda: ob’ektning quvvati 92.0 km, qiymati 2 357,9 mln.so’m.

  1. Mirzaobod tumanidagi “MMZ” kollektorini tizimli ta’mirlash-tiklash.

Bosh pudratchi tashkilot: “ShOXRUX-DEMIRBEK” MChJ.

Loyihachi tashkilot: “Guliston-Suvloyiha” MChJ.

2024 yilda: ob’ektning quvvati 40,0 km, qiymati 1 398,5 mln.so’m.

  1. Oqoltin tumanidagi “MMZ” kollektorini tizimli ta’mirlash-tiklash.

Bosh pudratchi tashkilot: “BUNYoDKOR” MChJ.

Loyihachi  tashkilot: “Guliston-Suvloyiha” MChJ.

2024 yilda: ob’ektning quvvati 80,0 km, qiymati 2 767,2 mln.so’m.

  1. Xovos tumanidagi “O’ng tarmoq” xo’jaliklararo kollektorini tizimli ta’mirlash-tiklash.

Bosh pudratchi tashkilot: “BUNYoDKOR” MChJ.

Loyihachi  tashkilot: “Guliston-Suvloyiha” MChJ.

2024 yilda: ob’ektning quvvati 92,0 km, qiymati 2 885,6 mln.so’m.

 

Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Meliorativ ekspeditsiyasiga qarashli boʼsh yer maydonlaridan unumli foydalanish maqsadida “DS AVAZBEK START” MChJ bilan hamkorlikda beton konstruktsiyalari ishlab chiqarish, qurilish va pudrat ishlarini amalga oshirish yoʼlga qoʼyilgan. Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 3 mlrd 994 mln soʼmni tashkil etadi. Yillik tovar aylanmasi esa 1 mlrd 450 mln soʼmni tashkil etadi. Hozirda korxonada S, KLK, KLV, KSP, PO, PD, PN beton kalodetslar hamda LK-3, LK-2 va LK-1 latoklari uchun beton qapqoqlar, bogʼzorlar uchun beton stolba kabi mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Kelgusida stolba, FBS bloklari, beton bardьorlar va LK-6, LK-5, LK-4 rusumli lotoklar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Translate »