
2024-08-17 17:05:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 16-avgust kuni Suv xo‘jaligi vazirligida Hisob palatasi bilan hamkorlikda videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda sohaga ajratilgan budjet mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.




- 1
- 2
- 3
Ta’kidlandiki, joriy yilning 16-yanvar kuni Prezident tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, Hisob palatasi, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot va moliya hamda Suv xo‘jaligi vazirliklari tomonidan qo‘shma qaror tasdiqlangan. Mazkur hujjat asosida sohaga ajratilgan byudjet mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi nazorat qilib borilmoqda.
Suv xo‘jaligi vazirligida budjet mablag‘larining maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan masofaviy tarzda monitoring va nazoratni olib borish bo‘yicha “Situatsion markaz” tashkil etilgan. Vazirlikning 2024-yil 15-fevraldagi 40-sonli buyrug‘i bilan mazkur markazda masofaviy audit tizimi orqali xarajatlar smetasi doirasida amalga oshiriladigan ishlarning doimiy nazoratini ta’minlash uchun ishchi guruhi tasdiqlangan.
Yig‘ilishda Hisob palatasi mas’ul xodimi Shavkat Gaffarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi “Budjet mablag‘laridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-100-sonli Farmonining mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha tushuntirish berdi.
Yig‘ilishda muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
Axborot xizmati