Fevral 26, 2025

Tomchilatib sug’orish texnologiyalari

Tomchilatib sug’orish texnologiyalarini keng qo’llashdagi olib borilayotgan islohotlar :

Sayxunobod Dax poly tex f/x paxta maydonlariga tomchilatib sugorish texnologiyasini

joriy qilgan xolda sugorish ishlarini amalga oshirmoqda

 

Tomchilatib va yomg’irlatib sug’orish texnologiyalari

Sug‘orish rejimi – sug‘oriladigan maydonlarning tabiiy va xo‘jalik sharoitlarini hamda o‘simlikning biologik xususiyatlarini inobatga olgan holda belgilanadigan sug‘orish me’yorlari, muddatlari va sonlarining jamlanmasidir.

🖋 O‘simlik rivojlanishining maqbul sharoitlari quyida keltirilgan:
– havo namligi – 40-50%;
– havo harorati – 14-22°C;
– tuproq ildiz qatlamdagi namlik – (0,6-0,8)TNS;
– xlor va natriyning tuzlarini bo‘lmasligi.

Tomchilatib sug‘orishning ekin yetishtirish davridagi afzalliklari. Bunday yondashuv o‘zini qanchalik oqlaydi?

💧Tomchilatib sug‘orish – suvning o‘simlik ildizlari joylashgan tuproq qatlamiga berilishiga asoslangan. Suv miqdori va suv berish tartibi o‘simlikning suv talab qilishiga mos ravishda rostlanadi.

🌱Tomchilatib sug‘orishda boshqa har qanday sug‘orish usuliga nisbatan ildiz tizimlari yaxshi rivojlanadi va tomchilatgich yaqinida ular zich joylashadi. Oddiy sug‘orishda esa, ildizlar namlik uchun chuqurroqqa intiladi.

 

 

Translate »