Fevral 26, 2025

Sayyor qabul

Sayxunobod tumanida Suv xoʼjaligi vaziri oʼrinbosari Rustam Qarshiev ishtirokida sayyor qabul oʼtkazildi. Qabulda Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshligʼi Ramz Kamilov, tizim va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi. Qabul davomida Sayxunobod tumanidagi suv xoʼjaligiga tegishli masalalari oʼrtaga tashlanib, uni hal etishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va tegishli tartibda hal etilishi belgilab berildi

 

Sirdaryo ITHB birinchi o‘rinbosari A.Azimovning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi:

📍Sho‘razak Sirdaryo ITB binosida tashkil etilgan qabulda 15 nafar fermer va fuqarolar qatnashdi.

Odamlarning e’tiroziga sabab bo‘layotgan har bir masala A.Azimov tomonidan atroflicha o‘rganildi.

Murojaatlarning 3 tasiga shu yerning o‘zida ijobiy yechim topildi.

❗️Qabulda asosan kanallarni betonlashtirishdagi muammolar, inshoot o‘rnatish,
ekin maydoniga Suv yetkazib berish kabi masalalar ko‘tarildi

 

Sirdaryo ITHB birinchi o‘rinbosari A.Azimovning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi:

Oqoltin tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasida tashkil etilgan qabulda 12 nafar fermer va fuqarolar qatnashdi.

Odamlarning e’tiroziga sabab bo‘layotgan har bir masala A.Azimov tomonidan atroflicha o‘rganildi.

Murojaatlarning 2 tasiga shu yerning o‘zida ijobiy yechim topildi.

❗️Qabulda asosan aholi ekinlariga suv yetkazib berish, kanallarni betonlashtirishdagi muammolar, kuzgi-qishki tadbirlar o‘tkazilishi davomida ariqlarni mexanizm yordamida tozalab berish kabi masalalar ko‘tarildi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Translate »